FIFA "Kamp Nou" stadionini tekshiradi. Nima uchun?
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 4659

FIFA keyingi haftada 2030 yilgi Jahon chempionatiga tayyorgarlik doirasida "Kamp Nou" stadionida inspektsiya ishlarini boshlaydi. Bu haqda Ispaniyaning Sport nashri xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, "Barselona" o'z raqiblarini qabul qiladigan "Kamp Nou" stadioni 2030 yilgi mundial finalini o'tkazish uchun asosiy favoritlardan biri hisoblanadi.
2030 yilgi Jahon chempionatiga Ispaniya, Portugaliya va Marokash mezbonlik qiladi. Shu bilan birga, turnirning yuz yilligi munosabati bilan ochilish o'yinlari Urugvay, Argentina va Paragvayda bo'lib o'tadi.
Eng yaqin Jahon chempionati esa 2026 yilning yozida AQSh, Kanada va Meksikada o'tkaziladi. Jahon kubogini Argentina terma jamoasi himoya qiladi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
259