Mastantuonoga jazo qo'llanildi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 745

"Real" hujumkor yarim himoyachisi Franko Mastantuono "Xetafe"ga qarshi o'yindagi chetlatishdan so'ng jazolandi. O'yin qaydnomasida ko'rsatilishicha, Mastantuono hakam manziliga: "Naqadar sharmandalik, la'nati sharmandalik!" degan so'zlarni qichqirgan.
Mastantuono ikkita o'yinga diskvalifikatsiya qilindi. Bu degani, argentinalik futbolchi La Liga doirasidagi "Selta" (6 mart) va "Elche" (14 mart) jamoalariga qarshi bahslarni o'tkazib yuboradi.
Shuningdek, "Real" himoyachilari Din Xyoysen va Alvaro Karreraslarning diskvalifikatsiyasi ham tasdiqlandi. Ular sariq kartochkalari ko'payib ketgani sababli "Selta"ga qarshi safar o'yinida ishtirok eta olmaydilar.
"Real" La Liga jadvalida ikkinchi o'rinni egallab turibdi va peshqadam "Barselona"dan to'rt ochkoga ortda qolmoqda.

Bosh sahifaga
249