BBC XXI asrning eng yaxshi markaziy hujumchilari reytingini e'lon qildi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 584

BBC saytida XXI asrda futbol muxlislarini xushnud etgan markaziy hujumchilar haqida keng qamrovli maqola chop etildi. Material so'nggida mualliflar talqini bo'yicha joriy ming yillikning eng yaxshi markaziy hujumchilari reytingi keltirilgan.
Reyting cho'qqisidan braziliyalik Ronaldo joy oldi. Ikkinchi pog'ona Xarri Keynga nasib etgan bo'lsa, kuchli uchlikni Erling Xoland yakunlab bergan.
Kuchli o'ntalikning qolgan o'rinlaridan ketma-ketlikda Terri Anri, Robert Levandovski, Dide Drogba, Karim Benzema, Zlatan Ibragimovich, Luis Suares va Miroslav Kloze joy olgan.
Qayd etish joizki, reytingda Krishtianu Ronaldu mavjud emas. Mualliflarning tushuntirishicha, portugaliyalik futbolchi faqat 30 yoshdan keyingina markaziy hujumchi pozitsiyasida o'ynay boshlagan. Xuddi shunday fikr Ueyn Runi haqida ham bildirilgan — ingliz futbolchisi "ushbu reytingga kirish uchun haddan tashqari ko'p qirrali o'yinchi" deb topilgan.

Bosh sahifaga
250