Obi Mikel Rosenorga Palmer bo'yicha maslahat berdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 666

"Chelsi"ning sobiq futbolchisi Jon Obi Mikel "ko'klar" bosh murabbiyi Liam Rosenorni yarim himoyachi Koul Palmerdan uning uchun eng qulay pozitsiyada foydalanishga chaqirdi.
"Nima uchun Rosenor Palmerni maydonga o'z pozitsiyasida tushirmayapti? Palmer — bizning eng yaxshi o'yinchimiz. Palmerdan "o'nlik" pozitsiyasida foydalaning, men bilan birga barcha "Chelsi" muxlislari Koulni aynan shu erda ko'rishni istaydi. Shunday ekan, agar Rosenor meni eshitayotgan bo'lsa, iltimos, ishni Palmerni eng yaxshi pozitsiyasiga qo'yishdan boshlang", — dedi Obi Mikel o'z podkastida.
Joriy mavsumda Koul Palmer "Chelsi" safida barcha turnirlarda 20 ta o'yin o'tkazib, to'qqizta gol urdi va uchta golli uzatmani amalga oshirdi.

Bosh sahifaga
227