"Atletiko" yarim himoyachisi APLga yo'l olishi mumkin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 48

"Atletiko" yarim himoyachisi Pablo Barrios Angliya Premer-ligasiga ko'chib o'tishi mumkin.
Jurnalist Ekrem Konurning ma'lumotlariga ko'ra, "Chelsi" 22 yoshli xavbek bilan shartnoma imzolashga qiziqish bildirmoqda. London klubi ushbu yozda futbolchining transferi bo'yicha taklif yuboradi.
Pablo Barrios "Atletiko" tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Uning Madrid klubi bilan shartnomasi 2030 yilning 30 iyunigacha mo'ljallangan. Joriy mavsumda yarim himoyachi "matraschilar" safida barcha turnirlarda 32 ta o'yin o'tkazib, bitta gol urdi va uchta golli uzatmani amalga oshirdi. Transfermarkt portali Barriosning narxini 60 million evroga baholamoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
229