"Manchester Siti" shotlandiyalik iqtidor sohibini o'z safiga qo'shib oldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 1111

Markaziy yarim himoyachi Kir Makmikin faoliyatini "Manchester Siti"da davom ettiradi. Bu haqda futbol insayderi Fabritsio Romano o'zining Telegram-kanalida yozmoqda.
Jurnalistning ma'lumotiga ko'ra, Makmikin tibbiy ko'rikdan muvaffaqiyatli o'tgan va "Manchester Siti" akademiyasiga qo'shilishga tayyor. Transfer summasi ochiqlanmagan.
Makmikin bungacha Shotlandiyaning "Xarts" klubi dubli tarkibida debyut qilgan edi. Yarim himoyachi Shotlandiyaning turli yoshdagi yoshlar va o'smirlar terma jamoalariga chaqirilgan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
247