"Chelsi" bosh murabbiyi APLni boshqa turnirlardan ustun qo'ymasligini aytdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 3920

Angliyaning "Chelsi" klubi bosh murabbiyi Liam Rosenor Chempionlar ligasiga yo'llanma olish asosiy maqsad ekaniga qaramay, Premer-ligani boshqa turnirlardan ustun qo'ymasligini ma'lum qildi.
"Men bunga bunday yondashmayman. Har bir o'yinda g'alaba qozonishni istayman. Bu juda oddiy va qolipga solingan gapdek tuyulishi mumkin, lekin bu haqiqat. Biz ishtirok etayotgan har bir bahsda zafar quchishni xohlayman. Aynan shuning uchun ham biz ushbu klubdamiz.
Shu sababli, qaysi turnir bo'lishidan, asosiy tarkibda kimlar tushishidan va raqib kimligidan qat'i nazar — mehmondagi "Arsenal", "Aston Villa" yoki "Reksem" bilan o'ynaymizmi — biz g'alaba qozonishni istaymiz va har bir o'yinda yutishga umid qilamiz", — deya Rosenorning so'zlarini keltiradi "Chelsi" rasmiy sayti.

Bosh sahifaga
244