Arteta: "Barcha jabhalarda eng kuchli va dominant jamoa bo'lishni istaymiz"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 498

Angliyaning "Arsenal" klubi bosh murabbiyi Mikel Arteta jamoaning standart vaziyatlardan urayotgan gollari haqida fikr bildirdi. Avvalroq "Arsenal" bir mavsum davomida burchak to'plaridan 16 ta gol urib, Angliya Premer-ligasi rekordini takrorlagan edi.
"Ko'proq gol urmayotganimiz va darvozamizdan to'p olib chiqayotganimiz meni ranjitadi. O'yinning barcha jabhalarida eng yaxshi va eng dominant jamoa bo'lishni xohlaymiz. Bu bizning maqsadimiz, klub sifatida shunday bo'lishni istaymiz va bunga erishishga harakat qilyapmiz", — deya Artetaning so'zlarini keltiradi klub rasmiy sayti.
"Arsenal" Angliya Premer-ligasining 2025/2026 yilgi mavsumi turnir jadvalida birinchi o'rinni egallab turibdi. Jamoa 29 ta o'yinda 64 ochko jamg'argan.

Bosh sahifaga
239