"Inter" o'z iqtidorini qo'yib yubormoqchi emas
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 922

Milanning "Inter" klubi rahbari Juzeppe Marotta Londonning "Arsenal" klubi hujumchi Franchesko Pio Espozitoga qiziqish bildirayotgani haqidagi savolga javob berdi.
20 yoshli futbolchining Angliyaga ehtimoliy transferi haqidagi mish-mishlar o'tgan oyda paydo bo'lgan edi. "Neradzurrilar" prezidenti Italiya Kubogi yarim finali doirasidagi "Komo"ga qarshi o'yin oldidan jurnalistlar bilan suhbatda bu ma'lumotni rad etdi.
"Arsenal" bizga murojaat qilgani yo'q va "Inter" uni sotish niyatida emas. Franchesko — bizning xazinamiz, u akademiyamizda voyaga etgan. Agar transfer haqidagi gaplar dolzarb bo'lsa ham, bu faqat olis kelajakda yuz berishi mumkin", – dedi Marotta Mediaset nashriga bergan intervyusida.
Transfermarkt saytida Franchesko Pio Espozitoning taxminiy qiymati 35 million evro etib belgilangan. Forvardning shartnomasi 2030 yilgacha mo'ljallangan.

Bosh sahifaga
235