"Arsenal" va "Nyukasl" o'rtasida kutilmagan almashinuv sodir bo'lishi mumkin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 587

"Arsenal" Entoni Gordonni o'z safiga qo'shib olish ustida ishlamoqda, biroq "Nyukasl" buning evaziga "to'pchilar" futbolchisini qo'lga kiritmoqchi.
London grandi 25 yoshli ingliz futbolchisi bilan kelishuvga yaqin turibdi. indykaila News bergan ma'lumotlarga ko'ra, "qarg'alar" o'z talabini ilgari surgan: ular qarama-qarshi yo'nalishda vinger Gabriel Martinellining kelishini istashmoqda. Bundan tashqari, manbaning ta'kidlashicha, agar kelishuv amalga oshsa, "Nyukasl" braziliyalik futbolchini jamoaning eng ko'p maosh oluvchi o'yinchisiga aylantirishga tayyor.
Nufuzli Transfermarkt portali ekspertlari Entoni Gordonning qiymatini 60 million evroga baholamoqda. Martinellining xuddi shu saytdagi narxi esa 45 million evroni tashkil etadi.

Bosh sahifaga
233