"Siti" fanatlari uchun xushxabar!
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 471

"Manchester Siti" hujumchisi Erling Xoland jarohatidan qutuldi va maydonga qaytishga tayyor.
Norvegiyalik futbolchi "shaharliklar"ning "Lids"ga qarshi o'tkazilgan avvalgi o'yinini jarohat sababli o'tkazib yuborgan edi. The Touchline nashri xabariga ko'ra, yulduzli forvard to'liq sog'aygan va Premer-liganing navbatdagi turidan o'rin olgan "Nottingem Forest"ga qarshi bahsda asosiy tarkibda maydonga tushishi mumkin. Uchrashuv chorshanba, 4 mart kuni bo'lib o'tadi, o'yin Toshkent vaqti bilan 00:30 da boshlanishi rejalashtirilgan.
Hozirgi vaqtda Erling Xoland 27 ta o'yinda 22 ta gol urgan holda Angliya chempionati to'purarlar ro'yxatini boshqarib bormoqda, shuningdek, 25 yoshli futbolchi etti bor jamoadoshlariga golli uzatma etkazib bergan.

Bosh sahifaga
206