"Inter" De Vreyga o'rinbosar topdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 387

"Udineze" himoyachisi Umar Sole faoliyatini Italiyaning yanada nufuzliroq klubida davom ettirishi mumkin. Tribal Football jurnalistlari bergan ma'lumotga ko'ra, 26 yoshli futbolchining xizmatlariga Milanning "Inter" klubi qiziqish bildirmoqda.
Frantsiyalik futbolchi "neradzurrilar" safida niderlandiyalik himoyachi Stefan de Vreyning o'rnini egallashi mumkin. Transfermarkt portali Soleni 20 million evroga baholagan. Himoyachining "Udineze" bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2027 yil iyun oyi oxirida yakuniga etadi.
Italiya chempionatining joriy mavsumida Umar 26 ta uchrashuv o'tkazdi. Himoyachi o'z hisobiga uchta gol va bitta golli uzatmani yozdirib qo'ygan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
247