Ronalduning jarohati jiddiy bo'lib chiqdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 39

Saudiyaning "An-Nasr" klubi yulduzi Krishtianu Ronaldu son qismidagi jarohati sabab safdan chiqdi. 41 yoshli goleador "Al-Feyha"ga qarshi kechgan so'nggi uchrashuv davomida jarohat olgan.
Tribal Football nashri xabariga ko'ra, portugaliyalik hujumchi lazaretda ikki haftadan to'rt haftagacha vaqt o'tkazadi.
Saudiya Arabistoni chempionatining joriy mavsumida Ronaldu 22 ta o'yinda ishtirok etdi. Tajribali to'purar o'z hisobiga 21 ta gol va ikkita golli uzatmani yozdirib qo'ygan.
Krishtianuning bozor qiymati 12 million evroga baholanmoqda. Forvard va Saudiya klubi o'rtasidagi amaldagi shartnoma muddati 2027 yil iyun oyi oxirida yakuniga etadi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
200