Anchelotti Rodrigoning og'ir jarohatiga munosabat bildirdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 31

Braziliya terma jamoasi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti Madridning «Real» klubi hujumchisi Rodrigoning og'ir jarohat olgani haqidagi xabarga munosabat bildirdi.
25 yoshli futbolchi tizzasidagi xochsimon boylamlar uzilishi sababli safdan chiqdi. Braziliyalik futbolchi shu yilning yozida bo'lib o'tadigan Jahon chempionatigacha tiklanishga ulgurmaydi.
«Toki sen safga qaytguningcha, tiklanishning har bir bosqichida seni qo'llab-quvvatlaymiz. Kuchli bo'l, Rodrigo», — deb yozdi Anchelotti ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida.
Italiyalik mutaxassis o'tgan yilning yozi boshida Braziliya milliy terma jamoasini boshqarishga kirishgan edi. Bungacha u to'rt yil davomida «Real»da Rodrigo bilan birga ishlagan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
260