Mbappening yaqinlari "Real"ga murojaat qildi: Kilian to'liq tiklanmasa, o'ynamaydi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 478

Madridning «Real» klubi Kilian Mbappe jarohatining naqadar jiddiy ekanligiga etarlicha baho bermagan bo'lishi mumkin.
Klub vakillarining fikricha, frantsuz futbolchisi Chempionlar ligasi 1/8 finali doirasida «Manchester Siti»ga qarshi kechadigan javob bahsigacha tiklanishga ulgurishi mumkin. Biroq hujumchining yaqinlari vaziyatni boshqacha baholashmoqda. Cadena SER nashri xabariga ko'ra, Mbappega yaqin insonlar uning «shaharliklar»ga qarshi o'yinda maydonga tushishini katta tavakkal deb hisoblashmoqda. Forvard jamoa uchun shundoq ham sog'lig'ini ko'p bor xavf ostiga qo'yganini his qilmoqda va Jahon chempionati arafasida vaziyatni og'irlashtirishni istamayapti.
Manbaning ta'kidlashicha, agar «Real» unga to'liq tiklanish uchun imkon bermasa, Kilian uchun mundial startigacha optimal formaga kirish qiyin bo'ladi. «Manchester Siti» bilan javob o'yini 17 mart kuni Angliyada bo'lib o'tadi.

Bosh sahifaga
266