Simeonening Flikka aytgan gaplari ma'lum bo'ldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 43

Madridning «Atletiko» klubi bosh murabbiyi Diego Simeone Ispaniya Kubogi yarim final qarama-qarshiligidagi muvaffaqiyatdan so'ng «Barselona» ustozi Xans-Diter Flikka murojaat qildi.
«Matraschilar» «Kamp Nou»da 0:3 hisobida mag'lubiyatga uchrashdi, biroq dastlabki uchrashuvdagi 4:0 hisobidagi g'alaba evaziga finalga yo'l olishdi.
«Men Flikka shunday dedim: «Sizlar ajoyib o'ynayapsiz va umid qilamanki, biz Chempionlar ligasi chorak finalida yana to'qnash kelamiz», — dedi Simeone o'yindan keyingi intervyusida.
Eslatib o'tamiz, Chempionlar ligasi 1/8 finalida «Atletiko» Londonning «Tottenxem» jamoasi bilan, «Barselona» esa Angliya premer-ligasining boshqa bir vakili — «Nyukasl» bilan kuch sinashadi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
248