«Atletiko» futbolchisi «Kamp Nou»dagi mag'lubiyat va jamoaning himoyadagi o'yini haqida gapirdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 24

Madridning «Atletiko» klubi «Barselona»dan javobsiz uchta to'p o'tkazib yuborgan bo'lsa-da, Ispaniya Kubogi finaliga yo'l oldi.
Qarama-qarshilik taqdirini Diego Simeone jamoasining fevral oyida o'z uyida qo'lga kiritgan yirik g'alabasi (4:0) hal qildi.
«Bugun shunday bo'lishi mumkinligini bilardik, chunki «Barsa» — dunyoning eng kuchli jamoalaridan biri. Ha, biz mag'lub bo'ldik, lekin himoyada ajoyib ish bajardik va keyingi bosqichga o'tdik, bundan juda xursandmiz», — dedi Baena jurnalistlar bilan suhbatda.
Finalda «matraschilar» «Real Sosedad» yoki Bilbaoning «Atletik» jamoasi bilan to'qnash kelishadi. Ushbu jamoalar chorshanba kuni o'zaro bahs olib borishadi (dastlabki o'yin — 1:0).
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
248