«Atletiko» 13 yillik tanaffusdan so'ng yana Ispaniya Kubogi finalida
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 340

«Atletiko» oradan 13 yil o'tib, ilk bor Ispaniya Kubogi finalida o'ynaydi.
Diego Simeone jamoasi ikkita yarim final o'yini natijasiga ko'ra (4:0, 0:3) «Barselona»ni musobaqadan chiqarib yubordi. Turnirning hal qiluvchi bahsida madridliklar «Real Sosedad» — «Atletik» juftligi g'olibi bilan to'qnash kelishadi.
Madrid klubi 2013 yildan beri ilk bor ushbu musobaqa finaliga chiqdi — o'shanda jamoa «Real»ni mag'lub etib (2:1), kubokni qo'lga kiritgan edi.
«Atletiko» o'z tarixida ushbu sovringa jami 10 marta ega chiqqan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
172