Italiya Kubogi: «Komo» va «Inter» o'rtasidagi birinchi o'yinda hisob ochilmadi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 20

Italiya Kubogi yarim finalining dastlabki uchrashuvida «Komo» o'z maydonida «Inter» bilan durang o'ynadi — 0:0. Bahs Komodagi «Djuzeppe Sinigalya» stadionida bo'lib o'tdi.
Milan jamoasi raqib darvozasi sohasiga biror marta ham aniq zarba yo'llay olmadi. Mezbonlar hisobida esa faqat bitta aniq zarba mavjud.
Javob o'yini 22 aprel kuni Milanda bo'lib o'tadi. Ikkinchi yarim finalda esa «Latsio» va «Atalanta» jamoalari o'zaro kuch sinashadi.
Italiya Kubogi. 1/2 final. Dastlabki o'yin
04.03.2026 | 01:00
«Djuzeppe Sinigalya», Komo
«KOMO» — «INTER» — 0:0
«Komo»: Byute, Ramon, Diegu Karlos, Vale (Moreno, 79), Smolchich, Serji Roberto (Diao, 70), Perrone, Da Kunya, Kakere (Baturina, 86), Voyvoda (van der Brempt, 79), Pas (Duvikas, 86).
«Inter»: Martines, Acherbi, Bastoni, Bissek, Suchich, Frattezi (Mxitaryan, 85), Xakan Chalxanoglu (Dyumfris, 58), Karlos Augustu, Darmian (Zelinski, 58), Diuf (Luis Enrike, 68), Espozito (Tyuram, 58).
Manba: www.stadion.uz.
Bosh sahifaga
174