Boks. Mirzaxalilov Tokio-2020ga boradi!
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 465

Iordaniyaning Amman shahrida boks bo'yicha litsenzion musobaqa davom etmoqda.
Erkaklar o'rtasida 57 kg.gacha bo'lgan vaznda turnirda ishtirok etayotgan Mirazizbek Mirzaxalilov chorak finalda gonkonglik Sing Yu Tsoga qarshi ringga ko'tarildi. Hamyurtimiz butun jang davomida raqibiga hech qanday imkoniyat qoldirmadi. Hakamlarning baholari — 5:0 (30:25, 30:27, 30:27, 30:27, 29:28).
Shu tariqa, olimpiada yo'llanmasini qo'lga kiritgan bokschilarimiz soni 6 nafarga etdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
232