"An-Nasr" Ronalduning jarohat olganini e'lon qildi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 860

"An-Nasr" klubi hujumchi Krishtianu Ronaldu jarohat olganini ma'lum qildi.
Portugaliya terma jamoasining 41 yoshli forvardi Saudiya Arabistoni chempionati 24-turi doirasidagi "Al-Feyha"ga qarshi kechgan (3:1) uchrashuvning 81-daqiqasida noqulaylik sezgani sababli almashtirilgan edi.
Bugun Saudiya klubi Krishtianuning son orqa qismidagi mushaklari jarohatlanganini e'lon qildi. Futbolchi tiklanish jarayonini boshladi, uning holati tibbiy xodimlar tomonidan har kuni qayta baholab boriladi.
Ronaldu joriy mavsumda liga doirasidagi 22 ta o'yinda ishtirok etib, 21 ta gol urishga muvaffaq bo'lgan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
176