Glasner Kloppning o'rnini egallashi mumkin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 1853

Oliver Glasner joriy mavsum yakunlanganidan so'ng "Kristal Pelas" bosh murabbiyi lavozimini tark etishi mumkin.
L’Equipe nashri bergan ma'lumotlarga ko'ra, avstriyalik mutaxassis shu yozda Red Bull global futbol bo'linmasi rahbari lavozimida Yurgen Kloppning o'rnini egallashi kutilmoqda. Klopp murabbiylik faoliyatiga qaytish imkoniyatlarini ko'rib chiqayotgani sababli, o'z lavozimini tark etishi mumkin.
Oliver Glasner 2024 yildan buyon "Kristal Pelas"ni boshqarib kelmoqda. Shuningdek, u faoliyati davomida Avstriyaning "Rid" va "LASK", Germaniyaning "Volfsburg" va "Ayntraxt" klublarida ishlagan. 2012 yildan 2014 yilgacha Glasner "Red Bull Zaltsburg" klubida bosh murabbiy yordamchisi sifatida faoliyat yuritgan. Uning qo'l ostida "Ayntraxt" Evropa Ligasida, "Kristal Pelas" esa Angliya Kubogi va Angliya Superkubogida g'olib chiqqan.

Bosh sahifaga
282