Boks. Ikki qizimiz chorak finalda yutqazdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 360

Iordaniyaning Amman shahrida boks bo'yicha litsenzion musobaqa davom etmoqda.
-51 kg vaznli bokschi qizimiz Tursunoy Rahimova musobaqaning birinchi raqam ostida saralangan bokschisi, jahon chempioni hisoblangan Xitoy Taypeyi bokschisiga qarshi jang qildi va 1:4 hisobida imkoniyatni boy berib qo'ydi.
Aniqrog'i, hakamlarning tushunarsiz qarorlari bokschimizga qimmatga tushdi. Ammo, hali unda litsenziya uchun imkoniyat bor. Buning uchun u kelasi jangida g'alaba qozonishi lozim bo'ladi.
-60 kg vazn toifasida litsenzion musobaqada ishtirok etayotgan hamyurtimiz Rayhona Qodirova chorak finalda tailandlik Sudapom Sisondiga qarshi ringga ko'tarildi va 0:5 hisobida yutqazdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
266