Arteta Rays va Xavertsning holati haqida ma'lumot berdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 777

Londonning "Arsenal" klubi bosh murabbiyi Mikel Arteta jarohat olgan futbolchilari, xususan, Deklan Rays va Kay Xavertsning holati haqida gapirib berdi.
"U [Xaverts] mashg'ulotlarning bir qismida ishtirok etdi. Shu bois biz kutishimiz va uning o'yinga tayyorligi hamda qanday sport formasida ekanligini ko'rishimiz kerak bo'ladi. Umid qilamanki, Deklan maydonga tusha oladi. Bugun u o'zini ancha yaxshi his qildi", — deya Artetaning so'zlaridan iqtibos keltirmoqda "Arsenal" rasmiy sayti.
Shuningdek, murabbiy "Brayton"ga qarshi o'yinda Ben Uayt yordam bera olmasligini, biroq jamoa sardori Martin Edegorda maydonga tushish imkoniyati borligini qo'shimcha qildi.
Eslatib o'tamiz, o'tgan yakshanba kuni Xaverts "Chelsi"ga qarshi kechgan uy uchrashuvining (2:1) so'nggi daqiqalarida maydonga tushgan edi, Rays esa ikkinchi bo'limda Kristian Nyorgorga almashtirilgandi.

Bosh sahifaga
247