"Arsenal"da fevral oyining eng yaxshi futbolchisi kim bo'ladi? Nomzodlar e'lon qilindi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 1747

Londonning "Arsenal" klubi fevral oyining eng yaxshi futbolchisi bo'lishga nomzodlarni ma'lum qildi. Ular orasida hujumchi Viktor Dyokeresh, hujumkor yarim himoyachi Eberechi Eze, himoyachi Pero Inkape, shuningdek, vinger Noni Madueke bor.
G'olib nomi "kanonirlar"ning rasmiy internet-portalida o'tkaziladigan ovoz berish jarayonidan so'ng aniqlanadi.
Eslatib o'tamiz, o'tgan yakshanba kuni "Arsenal" o'z uyida APL doirasida "Chelsi"ni mag'lub etdi. Ayni damda "kanonirlar" 64 ochko bilan Premer-ligada birinchi o'rinni egallab turibdi. "Manchester Siti" bilan oradagi farq — besh ochkoni tashkil etadi, biroq "shaharliklar" ixtiyorida bitta zaxira o'yini mavjud.
Shu haftada "Arsenal" APL doirasidagi navbatdagi uchrashuvini safarda "Brayton"ga qarshi o'tkazadi.

Bosh sahifaga
236