Aliader: "Mbappe men ko'rgan eng yaxshi futbolchi, u frantsuzlarni yana g'alabaga boshlaydi"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 1071

O'tmishning mashhur frantsuz futbolchisi Jeremi Aliader Madridning "Real" klubi markaziy hujumchisi Kilian Mbappening darajasini yuqori baholadi.
"U aql bovar qilmas futbolchi. Uzoq vaqtdan beri men ko'rganlar ichida eng yaxshisi. Bu yozda bo'lib o'tadigan jahon chempionatini kuzatish juda qiziq bo'ladi. Agar u frantsuzlarni yana bir bor g'alaba sari boshlay olsa, bu juda ajoyib ish bo'lardi", — dedi Aliader.
Joriy mavsumda "qaymoqranglilar" etakchisi barcha turnirlarda 33 ta o'yinda maydonga tushib, 38 ta gol urdi va oltita golli uzatmani amalga oshirdi.
La Ligadagi ketma-ket ikkita mag'lubiyatdan so'ng "Real" peshqadamlikni "Barselona"ga boy berdi va hozirda turnir jadvalida ikkinchi o'rinni egallab turibdi.

Bosh sahifaga
237