Estevao nima uchun "Chelsi"ni tanlaganini ochiqladi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 52

Hujumchi Estevao nima uchun aynan "Chelsi"ga o'tishga qaror qilgani haqida so'zlab berdi.
"Oilam boshqa klublarning qarorgohlarida ham bo'lishdi, lekin mening e'tiborimni aynan "Chelsi" tortdi. "Chelsi" loyihasi boshqalardan shunisi bilan farq qilardiki, bu jamoa o'ynash uchun ko'proq imkoniyat beradi. Men "Chelsi" men uchun ideal variant bo'ladi deb o'yladim, chunki u erda ko'proq o'yin amaliyotiga ega bo'lishim mumkin edi", — dedi Estevao The Sun nashriga bergan intervyusida.
Estevao 2025 yilning yozida "Palmeyras"dan 45 million evro evaziga "Chelsi"ga ko'chib o'tgan edi. Forvardning London klubi bilan shartnomasi 2033 yil 30 iyunga qadar mo'ljallangan. Joriy mavsumda yosh braziliyalik "ko'klar" safida barcha turnirlarda 32 ta o'yinda maydonga tushib, ettita gol urdi va uchta golli uzatmani amalga oshirdi.

Bosh sahifaga
226