"PSJ" Viktor Osimxenning transferidan voz kechdi. Buning sababi bor
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 703

"Galatasaroy" hujumchisi Viktor Osimxen faoliyatini Frantsiyada davom ettirishi mumkin edi.
Jurnalist Sebastyan Denis bergan ma'lumotlarga ko'ra, "PSJ" nigeriyalik forvardni sotib olish g'oyasini rad etgan. Bunga uning ehtimoliy transferi klubga 150 million evrogacha tushishi sabab bo'lgan. Shuningdek, futbolchining mavsumiga 20 million evro miqdoridagi ulkan ish haqi ham bor. Bundan tashqari, hujumchining o'yin uslubi parijliklar bosh murabbiyi Luis Enrikeni qoniqtirmagan.
Viktor Osimxen 2025 yilda "Napoli"dan "Galatasaroy"ga 75 million evro evaziga o'tgan edi. Uning shartnomasi 2029 yil 30 iyungacha mo'ljallangan. Joriy mavsumda forvard turk klubi safida barcha turnirlarda 25 ta o'yin o'tkazib, 17 ta gol urdi va 6 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Bosh sahifaga
248