Liga Tartib-intizom qo'mitasining ilk yig'ilishi bo'lib o'tmoqda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 693

Avvalroq O'zPL qoshida Tartib-intizom qo'mitasi tuzilayotgani va uning faoliyatini tartibga soluvchi Kodeks ishlab chiqilgani ma'lum qilingandi.
Liga Tartib-intizom kodeksining 4-moddasi 1-bandiga ko'ra, Qo'mita besh nafar a'zodan tashkil topgan bo'lib, ular futbolning turli yo'nalishlarida faoliyat olib boradi. Jumladan, murabbiy sifatida Furqat Esonboev taklif etilgan va u bir vaqtning o'zida Qo'mita raisi hisoblanadi. Sobiq futbolchi sifatida Baxtiyor Ashurmatov, sobiq hakam sifatida Bobur Haydarov, futbol sharhlovchisi sifatida Otabek Jo'raev, Liganing sport yo'nalishi bo'yicha Sardor Qudratullaev qo'mita beshligini to'ldiradi. Liga komissari Diyyor Xotamqulov Qo'mitada kotib sifatida faoliyat olib boradi. Liga Ijroiya qo'mitasi a'zosi Oybek Ibrohimxonov yuriskonsult sifatida tartib-intizom yo'nalishi bo'yicha Assotsiatsiya va Liga qoshidagi uch instantsiya faoliyatini muvofiqlashtiradi.
Kelishuvga ko'ra, Qo'mita Superliga va O'zbekiston kubogi doirasidagi tur o'yinlari yakunlanganidan keyin yig'iladi va mavjud holatlarni ko'rib chiqadi. Jumladan, Superliga 1-turi doirasida bugun ikkita ish ko'rib chiqilmoqda. Yig'ilish bayonnomasi imzolangandan so'ng, bu haqda alohida xabar beriladi.

Bosh sahifaga
280