"MYu" "Nyukasl" himoyachisini sotib olmoqchi, biroq raqobat juda kuchli
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 55

Avvalroq "Manchester Yunayted" klubi "Nyukasl" a'zosi Malik Tiavning xizmatlariga qiziqish bildirayotgani haqida ma'lum bo'lgan edi.
"Qizil iblislar" himoyachining transferini yozda amalga oshirish imkoniyatini ko'rib chiqmoqdalar. Insayder Ekrem Konur mankunianliklarning Tiav uchun kurashdagi raqobatchilari kimligini ochiqladi. Futbolchini, shuningdek, "Liverpul" va "Bavariya" klublari ham o'z safiga qo'shib olmoqchi.
Joriy mavsumda Malik Tiav "Nyukasl" tarkibida 41 ta o'yinda maydonga tushdi. Ushbu uchrashuvlarda himoyachi beshta gol urdi va bitta golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
280