La Liga yangi moliyaviy limitlarni e'lon qildi: "Barselona"da ijobiy o'zgarish, lekin...
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 733

La Liga har bir klub uchun tarkib va murabbiylarga sarflanadigan xarajatlarning yangilangan limiti bo'yicha ma'lumotlarni e'lon qildi.
"Barselona"ning ko'rsatkichi yozgi transfer oynasidan keyingi 351 million evrodan, qishki oynadan so'ng 432 million evrogacha ko'tarildi — bu ligadagi ikkinchi natijadir. Qayd etilishicha, Ispaniyaning amaldagi chempionlari hamon belgilangan chegaradan tashqarida va "1:1" qoidasiga (har bir ishlab topilgan evroni sarflash imkoniyati) amal qila olmayaptilar.
Ruxsat etilgan xarajatlar bo'yicha "Real" hamon etakchilik qilmoqda. Madridliklar 761 million evro sarflashlari mumkin — bu sentyabr oyidagi ko'rsatkich bilan bir xil.
Uchinchi o'rinda 336 million evrolik limit bilan "Atletiko" bor — "matraschilar" avvalgi ma'lumotlarga qaraganda xarajatlar shiftini 10 millionga oshirishgan.
Shuningdek, 100 million evrolik dovondan "Vilyarreal" (173 mln), "Atletik" (132 mln), "Real Sosedad" (128 mln) va "Betis" (122 mln) klublari ham o'tishdi.
Eng past ko'rsatkich "Levante"da qayd etildi — jamoaning limiti 35 milliondan 17 million evrogacha qisqargan.

Bosh sahifaga
267