"Liverpul"ning yangi xaridi operatsiya qilinadi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 41

"Liverpul" tomonidan sotib olingan "Renn" himoyachisi Jeremi Jake operatsiya qilinishi lozim.
20 yoshli futbolchi 7 fevral kuni Liga 1 doirasidagi "Lans"ga qarshi o'yinda (1:3) noqulay yiqilish natijasida elkasidan jarohat olgan edi.
Bugun "Renn" matbuot xizmati Jake yaqin kunlarda jarrohlik amaliyotini o'tkazishi haqida xabar berdi.
Qishki transfer oynasida "Liverpul" Jakeni 60+12 million funt sterling evaziga sotib olgan edi. Kelishuvga ko'ra, himoyachi mavsum yakunlanganidan keyin APL klubi safiga qo'shilishi kerak.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
287