Laureus-2026: Dunyoning eng yaxshi sportchisi bo'lish uchun nomzodlar e'lon qilindi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 533

Usmon Dembele va Aytana Bonmati Laureus talqini bo'yicha "Yil sportchisi" mukofotiga da'vogarlik qilmoqdalar. Taqdirlash marosimi 20 aprel kuni Madridda bo'lib o'tadi.
Erkaklar o'rtasida "Yil sportchisi" nominatsiyasiga "PSJ" vingeri Usmon Dembele, tennischilar Karlos Alkaras va Yannik Sinner, sloveniyalik velopoygachi Tadey Pogachar, ispaniyalik motopoygachi Mark Markes va o'tgan yili ushbu sovrinni qo'lga kiritgan shvetsiyalik langar cho'p bilan sakrovchi Arman Dyuplantis nomzod sifatida ko'rsatilgan.
Ayollar o'rtasidagi mukofotga "Barselona" va Ispaniya terma jamoasi futbolchisi Aytana Bonmati, belaruslik tennischi Arina Sobolenko, amerikalik suzuvchi Ketlin Ledeki hamda uch nafar engil atletikachi — keniyalik Feyt Kipegon, shuningdek, AQSh vakillari Sidni Maklaflin-Levron va Melissa Jefferson-Vuden da'vogarlik qilmoqda.

Bosh sahifaga
243