"Barselona"ga Bastonining transfer narxini ma'lum qilishdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 44
"Barselona" klubi "Inter" himoyachisi Alessandro Bastonini diqqat bilan kuzatib bormoqda. Bu haqda Caught Offside nashri xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, Italiya grandi futbolchi uchun yuqori narx belgilagan. Milanliklar Bastoni uchun kamida 78 million funt sterling ishlab olmoqchi. Shuningdek, himoyachiga "Arsenal" va "Liverpul" klublari ham da'vogarlik qilmoqda.
Joriy mavsumda Alessandro Bastoni "Inter" safida 33 ta o'yinda maydonga tushdi. Ushbu uchrashuvlarda futbolchi "gol plyus pas" tizimi bo'yicha 2 ta gol va 6 ta golli uzatmani o'z hisobiga yozdirib qo'ydi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
255