"Liverpul" va "Nyukasl" Luis Suaresga qiziqish bildirmoqda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 484

"Liverpul" va "Nyukasl Yunayted" klublari 28 yoshli kolumbiyalik hujumchi Luis Suaresni sotib olish imkoniyatlarini ko'rib chiqishmoqda. Bu haqda Sports Boom nashri yozmoqda.
Manbalarning ta'kidlashicha, ushbu transfer arzonga tushmaydi. Suares Portugaliyaning "Sporting" klubiga tegishli bo'lib, lissabonliklar o'z futbolchisi uchun kamida 60 million evro talab qilishadi.
Suares Ispaniyaning "Almeriya" klubidan o'tganidan so'ng, 2025 yildan buyon "Sporting"da to'p surib kelmoqda. Joriy mavsumda hujumchi Portugaliya klubi safida 37 ta uchrashuvda maydonga tushib, 29 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
142