"Milan" futbolchisiga "Fulxem" va "Vest Xem" qiziqish bildirmoqda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 419

Yarim himoyachi Yunus Musa yozda "Milan"ni tark etishi mumkin. Bu haqda Ekrem Konur xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, futbolchi APLga yo'l olishi mumkin. Unga "Fulxem" va "Vest Xem" klublari qiziqish bildirmoqda. Hozirda Musa ijara asosida "Atalanta" safida to'p surmoqda. Transfermarkt portali futbolchining qiymatini 18 million evroga baholagan.
Joriy mavsumda Yunus Musa "Atalanta" tarkibida 22 ta o'yinda maydonga tushdi. Ushbu uchrashuvlarda yarim himoyachi bitta gol urdi va bitta golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
136