Fernandesh kelajagi bo'yicha qachon bir qarorga kelishi ma'lum bo'ldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 37

Portugaliyalik yarim himoyachi Brunu Fernandesh mavsum yakunlanganidan so'ng "Manchester Yunayted" bilan o'z kelajagini muhokama qilishni rejalashtirmoqda. Bu haqda TeamTalk nashri xabar bermoqda.
Hozirgi vaqtda yulduzli futbolchi "Old Trafford"ni tark etish istagi borligi haqida hech qanday ishora bermayapti. O'tgan yozda Fernandeshning Saudiya Pro-ligasiga o'tishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgan edi.
APLning joriy mavsumida Brunu Fernandesh "Manchester Yunayted" safida 25 ta uchrashuv o'tkazdi. Ushbu o'yinlarda yarim himoyachi ettita gol urdi va 13 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
144