"Chelsi"da intizom muammosi: Liam Rosenor keskin choralar ko'rishini ma'lum qildi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 500

Joriy mavsumda "Chelsi" intizom borasida jiddiy muammolarga duch kelmoqda. 28 ta o'yinda ettita qizil kartochka — bu mavsumda hali hech qaysi jamoa bunchalik ko'p chetlatish olmagan. "Ko'klar" bosh murabbiyi Liam Rosenor bu muammoni qanday hal qilishni biladi.
London jamoasi ustozi endilikda tarkibni futbolchilarning intizomiga qarab tanlashini aytdi, chunki tez-tez sodir bo'layotgan chetlatishlar mutlaqo qabul qilinishi mumkin bo'lmagan holatdir.
"Har ikki yoki uch o'yinda kimdir qizil kartochka oladigan mavsumni o'tkazishga haqqim yo'q — bunga toqat qilib bo'lmaydi. Men bu borada ijobiy o'zgarishlarni ko'rishim kerak. Tarkibni shakllantirishda kim zarur sifatlarni namoyish etayotganini hisobga olishim lozim.
Raqibga nisbatan hurmatsizlik haqida gapirishmoqda, lekin bizda follar uchun ma'nosiz ogohlantirishlar ham bo'ldi. Agar biz rivojlanishni va o'z maqsadlarimizga erishishni istasak, hozir ongli ravishda qadam tashlashimiz va bunday holat boshqa takrorlanmasligiga ishonch hosil qilishimiz kerak", — dedi Rosenor.
Eslatib o'tamiz, "Arsenal"ga qarshi o'yinda Pedru Netu tezkorlik bilan ikkita ogohlantirish olib, maydondan chetlatilgan edi. Bu holat o'yindan so'ng Rosenorning g'azabini qo'zitib yubordi.

Bosh sahifaga
135