Maoshlar uchun eng ko'p mablag' sarflovchi Evropa klublari reytingi ma'lum bo'ldi (foto)
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 531

"Manchester Siti" 2025 yilda futbolchilar, murabbiylar va xodimlarning ish haqi uchun 557 million evro sarfladi. Bu haqda UEFA ma'lumotlariga tayanib Transfermarkt xabar bermoqda.
"Siti" barcha Evropa klublari orasida eng katta maosh fondiga ega. Ikkinchi va uchinchi o'rinlarni "Barselona" va "PSJ" egalladi — har ikki klub maoshlar uchun 551 million evrodan mablag' ajratgan.
Ulardan keyingi o'rinda 514 million evrolik ko'rsatkich bilan Madridning "Real" klubi joylashdi. Kuchli beshlikni 509 million evro sarflagan "Liverpul" yakunlab berdi.
Qolgan klublarning maoshlar fondi 2024 yilga nisbatan umumiy hisobda oshganiga qaramay, ular 500 million evrodan kam mablag' sarflashgan.

Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
144