Dalot Sheshkoga baho berdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 512

«Manchester Yunayted» himoyachisi Diogu Dalot jamoa hujumchisi Benyamin Sheshko bilan bo'lgan do'stligi haqida so'zlab berdi.
«Ben o'z turmush tarziga ko'ra xuddi men kabi «vaqtli uyg'onuvchi», shu sababli biz Karringtondagi mashg'ulot bazasiga boshqalardan ko'ra ertaroq etib kelamiz. Ilk bir necha hafta ichidayoq biz do'stlashib oldik.
Bizning xulq-atvorimiz va fikrlash tarzimiz o'xshash, shuning uchun do'stligimiz o'z-o'zidan shakllandi. Ba'zida bu yangi muhitga, yangi liga va mamlakatga moslashishda yordam beradi.
Ben juda kamtar yigit, u doimo yaxshiroq bo'lishga harakat qiladi. U tarkibda juda muhim pozitsiyani egallab, katta umidlar bilan katta klubga keldi. Menimcha, Ben to'g'ri yo'lda. Afsuski yoki baxtimizga, hujumchilar gollarga juda bog'liq bo'lishadi. Hozir uning o'yini yaxshi ketmoqda, biz undan juda mamnunmiz», — deya Dalotning so'zlaridan iqtibos keltiradi BBC.

Bosh sahifaga
166