«Aston Villa» Nikolas Jeksonni o'z safiga qo'shib olmoqchi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 583

Birmingemning «Aston Villa» klubi «Chelsi»ga tegishli bo'lgan va ayni damda ijara asosida «Bavariya»da to'p surayotgan senegallik hujumchi Nikolas Jeksonga qiziqish bildirmoqda. Myunxen klubi Jeksonni jamoada qoldirmaslikka qaror qildi va ijara muddatini uzaytirmaydi, deb xabar bermoqda insayder Ekrem Konur o'zining X ijtimoiy tarmog'idagi sahifasida.
Mavsum yakunlangach, Jekson «Chelsi»ga qaytadi, biroq London klubi murabbiylar shtabi uni o'z rejalariga kiritmagan. Shu sababli u yana o'ziga yangi jamoa izlashiga to'g'ri keladi. Bunday vaziyatda «Aston Villa» hujumchiga shartnoma taklif qilishga va transfer masalasini muhokama qilish uchun londonliklar bilan muzokaralar stoliga o'tirishga tayyor.
Nikolas Jekson 2023 yilda «Vilyarreal»dan 37 million evro evaziga «Chelsi»ga o'tgan edi, ammo asosiy tarkibda mustahkam o'rin egallashni uddalay olmadi. Klubdagi faoliyati davomida u 81 ta o'yinda maydonga tushib, 30 ta gol urdi va 12 ta golli uzatmani amalga oshirdi. «Transfermarkt» ma'lumotlariga ko'ra, Jeksonning hozirgi bozor qiymati 45 million evroni tashkil etadi.

Bosh sahifaga
130