Kazemiro «Manchester Yunayted»ga o'z o'rniga nomzod ko'rsatdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 64

«Manchester Yunayted» yarim himoyachisi Kazemiro klub rahbariyati bilan uchrashib, o'z o'rniga keladigan o'yinchi masalasini muhokama qildi. AS nashrining xabariga ko'ra, 34 yoshli futbolchi «Nyukasl»ning 28 yoshli yarim himoyachisi Bruno Gimarayns nomzodini tavsiya qilgan. Kazemiro o'z hamyurtini Manchesterda muhim figuraga aylanish uchun barcha sifatlarga ega deb hisoblaydi.
Kazemiro shu yozda «Manchester Yunayted»ni erkin agent maqomida tark etadi, chunki klub bilan yangi kelishuvga erishilmadi. O'z navbatida, Gimaraynsning «Nyukasl» bilan 2028 yilgacha mo'ljallangan amaldagi shartnomasi mavjud. Transfermarkt talqiniga ko'ra, uning transfer qiymati 75 million evroni tashkil etadi.
Joriy mavsumda Gimarayns «Nyukasl» safida 35 ta o'yin o'tkazib, to'qqizta gol urdi va ettita golli uzatmani amalga oshirdi.

Bosh sahifaga
133