APLdan tushib ketsa, «Tottenxem» futbolchilarining maoshi ikki baravar kamayadi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 21

«Tottenxem» klubi APLdan tushib ketgan taqdirda, aksariyat futbolchilarning ish haqi taxminan 50 foizga kamaytiriladi, deb xabar bermoqda The Athletic nashri.
«Ushbu band Deniel Levining sentyabr oyida boshqaruv raisi lavozimini tark etishidan oldin imzolangan barcha shartnomalarga kiritilgan. Bu «Tottenxem»ni quyi ligaga tushib ketishdek halokatli stsenariydan ma'lum ma'noda himoya qiladi», — deyiladi nashr materialida.
28-turdan so'ng «shporlar» turnir jadvalida 16-o'rinni egallab turibdi va xavfli hududdan 4 ochko masofada joylashgan. Londonliklar oxirgi marta 1977 yilda Chempionshipga tushib ketgan edi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
176