Osiyo kubogi-2026. O'zbekiston ayollar terma jamoasi KXDRga yutqazdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 22

Avstraliyada ayollar o'rtasidagi Osiyo kubogiga start berildi. O'zbekiston milliy jamoasi musobaqaning ilk turida Shimoliy Koreyaga qarshi maydonga tushdi.
Koreyalik safida Myong Ju-Jong xet-trikka erishdi. U barcha gollarini birinchi bo'limda urishga erishdi.
O'zbekiston ayollar terma jamoasi guruh bosqichidagi keyingi bahslarni Xitoy (6 mart) va Bangladesh (9 mart)ga qarshi o'tkazadi.
Uchta guruhda eng yaxshi natijaga ega 2 tadan jamoa va uchinchi o'rinlarni egallagan jamoalar orasida eng yaxshi natija ega bo'lgan ikki jamoa chorak finalga chiqadi.
Ayollar Osiyo kubogi-2026.
Shimoliy Koreya - O'zbekiston - 3:0
Gollar: Myong Ju-Jong (6’, 24’, 41’)
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
252