Ryudiger «Xetafe» futbolchisining yuziga tizzasi bilan zarba berdi (Foto)
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 9534

«Real» himoyachisi Antonio Ryudiger La Liga doirasidagi o'yin paytida «Xetafe» futbolchisining yuziga tizzasi bilan zarba berdi.
Ispaniya chempionatining 26-turida «Real» o'z maydonida «Xetafe»ni qabul qilmoqda (0:1, tanaffus).
O'yinning 26-daqiqasida Ryudiger yiqilayotgan paytda, qanotda erga yiqilgan Diego Rikoning jag'iga tizzasi bilan zarba berdi. Bundan oldinroq esa «Real» himoyachisi «Xetafe» o'yinchisining elkasiga tegib ketgan edi. Bosh hakam Alexandro Munis bu vaziyatda qoidabuzarlik qayd etmadi.


Ta'kidlash joizki, bundan bir daqiqa avval Riko o'z jarima maydonchasi yaqinida Ryudiger bilan kurashdan so'ng yuzini ushlagancha erga yiqilgan edi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
150