"Yuventus" Kopmeynersga narx belgiladi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 2184

Italiyaning «Yuventus» klubi 28 yoshli niderlandiyalik yarim himoyachi Ten Kopmeynersni sotib yuborishi mumkin. Bu haqda Tuttosport nashri xabar bermoqda.
Manbalarning ma'lumotiga ko'ra, turinliklar futbolchi uchun kamida 26 million evro olmoqchi. Avvalroq, yarim himoyachiga «Roma» va «Galatasaroy» klublari da'vogarlik qilayotgani haqida xabar berilgan edi.
Ten Kopmeyners 2024 yilda «Atalanta»dan o'tgandan buyon «Yuventus»da to'p surib kelmoqda. Joriy mavsumda niderlandiyalik futbolchi «keksa sinora» safida 36 ta o'yinda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
176