Zlatan Ibrahimovich AQShdagi sport tizimini tanqid qildi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 1743

"Los-Anjeles Gelaksi" klubining sobiq hujumchisi va hozirda "Milan" rahbariyatida ishlayotgan Zlatan Ibrahimovich AQShda sport bilan shug'ullanish juda qimmat ekanligini aytdi.
"Amerika Qo'shma Shtatlarida sport juda qimmat.
Mening farzandlarim yaxshi jamoada o'ynashdi va men har bir bola uchun 3 500 dollardan to'ladim.
Bu menga yoqmaydi, chunki hammada ham bunday pul yo'q. Vaholanki, sport hamma uchun bo'lishi kerak, chunki u kelib chiqishidan qat'i nazar, insonlarni birlashtiradi", - dedi shvetsiyalik afsonaviy sobiq hujumchi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
210