Igor Tudor "Tottenxem" tarixidagi eng yomon ko'rsatkichlardan birini takrorladi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 630

Londonning "Tottenxem" klubi "Fulxem"ga 1:2 hisobida imkoniyatni boy berdi. Bu "shporlar"ning yangi ustozi — xorvatiyalik mutaxassis Igor Tudor uchun chempionat doirasidagi ketma-ket ikkinchi mag'lubiyat bo'ldi.
Ma'lum bo'lishicha, u klub tarixida tayinlanganidan so'ng dastlabki ikkita o'yinda mag'lub bo'lgan ikkinchi murabbiyga aylandi. Birinchisi 2004 yilda Martin Yol bo'lgan edi. Biroq o'shanda gap ketma-ket uchta mag'lubiyat haqida borgandi.
Hozirda "Tottenxem" Angliya chempionati turnir jadvalida o'n oltinchi o'rinni egallab turibdi. Ammo bu hali eng pastki nuqta emas — o'tgan mavsumda klub chempionatni o'n ettinchi o'rinda yakunlagan edi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
262