"Inter" "Liverpul" yarim himoyachisi transferi ustida ishlamoqda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 475

OAV xabarlariga ko'ra, "Liverpul" yarim himoyachisi Kyortis Jons faoliyatini "Inter" klubida davom ettirishi mumkin.
Qishki transfer oynasida "qora-ko'klar" va "Milan" futbolchining transferini ko'rib chiqishgan edi. Biroq o'shanda aniq takliflar berilmagan. Jonsning "Liverpul" bilan amaldagi shartnomasi yozda o'z yakuniga etishiga bir yil qoladi. Bu esa uni ancha arzonroq narxda sotib olish mumkinligini anglatadi.
Shuningdek, "Inter" agar yozda imkoniyat tug'ilsa, "Liverpul" himoyachisi Jovanni Leonini ijaraga olishga ham qiziqish bildirmoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
228