"Oltin butsa" uchun kurashda Mbappe va Xoland bir futbolchidan ortda qolmoqda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 422

Myunxenning "Bavariya" klubi markaziy hujumchisi Xarri Keyn "Oltin butsa" sovriniga da'vogarlar ro'yxatida ishonch bilan peshqadamlik qilmoqda.
Germaniya Bundesligining joriy mavsumida ingliz bombardiri allaqachon 30 ta gol urishga muvaffaq bo'ldi va buning uchun 60 ochko jamg'ardi. Keyn o'zining eng yaqin ta'qibchisi — Madridning "Real" klubi hujumchisi Kilian Mbappedan sezilarli darajada o'zib ketgan. Frantsiyalik futbolchi La Ligada 23 ta gol (46 ochko) urgan. Nufuzli sovrin uchun da'vogarlar kuchli uchligini "Manchester Siti"ning norvegiyalik goleadori Erling Xoland yakunlab beradi. Skandinaviyalik futbolchi APLda 22 ta gol (44 ochko) urgan.
Eslatib o'tamiz, o'tgan mavsumda "Oltin butsa" sohibi Kilian Mbappe bo'lgan edi.

Bosh sahifaga
257